5–9-sinf guruhlari va abituriyentlarni oliygohga tizimli tayyorlash
Wall Street Academy — Toshkentdagi ingliz tili va matematika markazi. Biz kompyuterda topshiriladigan IELTS ga tayyorlaymiz, umumiy ingliz tilini o'qitamiz, bolalar bilan ishlaymiz va matematika yo'nalishini rivojlantiramiz. Markazning o'z o'quv tizimi bor: elektron jurnal, uy vazifalari va lug'at mashqlari bo'lgan o'quvchilar ilovasi, orqada qolayotganlar bilan alohida shug'ullanadigan akademik yordam xizmati. O'qituvchi dars beradi, qog'oz to'ldirmaydi — davomat, topshiriqlar va hisobotlar tizimda yuritiladi. Bizga formulalarni biladigan emas, tushuntira oladigan odam kerak: «men matematikani umuman tushunmayman» degan o'quvchini «yana bitta masala bering» deydigan darajaga olib chiqadigan. Ish turli darajadagi o'quvchilar bilan olib boriladi — kuchlilari bilan ham, fan hozircha qiyin kelayotganlari bilan ham.
Ism va telefon raqamini qoldirasiz. Bir daqiqa vaqt.
Kadrlar bo‘limi bog‘lanadi, savollarga javob beradi va anketa yuboradi.
Shaxsan tanishamiz: tajriba, kutganlar, ish sharoitlari.
Haqiqiy guruhda dars o‘tasiz. O‘quvchilar, o‘qituvchi va kadrlar bo‘limi baholaydi.
Natijani aytamiz va hujjatlarni rasmiylashtiramiz.
Ism va telefon raqamingizni qoldiring — biz bog‘lanamiz va anketa yuboramiz. Bir daqiqadan kam vaqt oladi.